"Milan" va Paulu Fonseka muxlislari uchun xushxabar - portugaliyalik mutaxassis tez orada Chempionlar ligasi doirasida "Srvena Zvezda"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchisi Alvaro Morataga umid bog‘lashi mumkin.
U 11 dekabr kuni jarohat olganidan so‘ng safga qaytdi.
Morata A Seriyaning navbatdagi turi doirasida 29 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Roma"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.













