Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sho‘rtan» Superliga-2025ni Qarshidagi stadionda boshlaydi

«Sho‘rtan» Superliga-2025ni Qarshidagi stadionda boshlaydi

Baho:
+ | -

Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Sho‘rtan" klubi o‘z uy stadioni maydonini Liga talabi bo‘yicha ta’mirdan chiqarguniga qadar raqiblarini Qarshidagi "Markaziy"da qabul qiladi. Bu borada har ikki klub o‘zaro kelishuvga erishdi.

Yangi mavsumga qur’a tashlanayotganda mazkur holat inobatga olinadi hamda "Nasaf" va "Sho‘rtan" o‘zaro juft jamoalar sifatida saralanadi. Bu esa har turda ulardan birining o‘z uyida, ikkinchisining esa safarda o‘yin o‘tkazishini kafolatlaydi.

Avvalroq "Dinamo" va "Qizilqum" ham Navoiydagi stadion ta’mirdan chiqquniga qadar bitta stadiondan foydalanib turishi ma’lum qilingandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:48, 27.12.2024.
O'qildi: 1348 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик