Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Shaxmat, rapid bo‘yicha JCH. Abdusattorov va Sindarov ikkinchi kundan so‘ng top-10ga kirishdi, Hamdamova esa 15-o‘rinda bormoqda

Shaxmat, rapid bo‘yicha JCH. Abdusattorov va Sindarov ikkinchi kundan so‘ng top-10ga kirishdi, Hamdamova esa 15-o‘rinda bormoqda

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishida Jahon chempionati davom etmoqda. Bugun sportchilar navbatdagi 4 ta tur bahslarini o‘tkazishdi.

Musobaqada O‘zbekistondan 6 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov bugungi 4 ta o‘yinda 2,5 tadan ochko to‘plashdi. Natijada ularning ochkolari 6,5 taga yetdi. Hamyurtlarimiz peshqadamlardan 0,5 ochko ortda qolgan holda mos ravishda 7 va 9-pog‘onalarni egallab turishibdi.

Jahongir Vohidov esa 5,5 ochko bilan 37-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov 4 ochko bilan 120 va 125-o‘rinlarda borishmoqda.



Musobaqa favoriti Magnus Karlsen esa 8 turdan 5 ochko to‘plagandi. U 9-turdan boshlab bahslarda ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Bugun tunda yana 4 ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. 10-turda Sindarov rossiyalik Yan Nepomnyashchiyga qarshi oq donalarda o‘ynasa, Abdusattorov ham rossiyalik Denis Lazavik bilan oq donalarda harakat qiladi.

Ayollar musobaqasida ishtirok etayotgan Afruza Hamdamova yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda. Hamyurtimiz bugun o‘tkazilgan navbatdagi 4 ta o‘yinda 2,5 ochko to‘pladi. Natijada Afruza 5,5 ochko bilan musobaqa jadvalida 15-o‘rinni band etib turibdi.

Bugun tunda erkaklar 4 ta, ayollar esa 3 ta tur bahslarini o‘tkazishadi va rapid musobaqasi yakun yasashadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:49, 28.12.2024.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.