Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Arne Slot: «Biz mehmonda ham, uyda ham kuchlimiz»

Arne Slot: «Biz mehmonda ham, uyda ham kuchlimiz»

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Vest Xem"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

Niderlandiyalik mutaxassis ligada yetakchilik qilish va bu bilan bog‘liq bosim haqida so‘z yuritdi:  
 
"Agar siz "Liverpul" kabi katta klubda ishlaydigan bo‘lsangiz, bosim har doim mavjud. Shunday ekan, biz kabi jamoa uchun ligada yetakchi bo‘lish g‘alati hol emas.  

Biz bu ligada qanchalik kuchli jamoalar borligini bilamiz. Ular ham deyarli har bir o‘yinda g‘alaba qozona olishadi. Lekin qo‘shimcha bosim yo‘q — chunki bunday klubda ishlash bosimi doim bor", — dedi Slot.  

U jamoaning mehmondagi o‘yin formasi haqida ham fikr bildirdi:  
 
"Menimcha, mehmondagi formamiz yaxshi, lekin bu, ehtimol, mavsumning birinchi yarmida qaysi jamoalarga qarshi o‘ynaganimizga bog‘liq. Biz asosan uyda turnir jadvali yuqori qismidagi jamoalar bilan, mehmonda esa qolganlari bilan o‘ynadik. Bu natijalarga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.  

Biz mehmonda ham, uyda ham kuchlimiz. Biz u yerda bu yerga qaraganda kuchliroqmiz, deb o‘ylamayman. Mavsum yakunida har bir jamoa bilan uyda ham, mehmonda ham o‘ynab bo‘lganimizda, qayerda o‘zimizni yaxshiroq ko‘rsatganimizni tahlil qilamiz. Ammo biz mehmonda ham, uydagi o‘yinlarda ham mag‘lubiyatga uchrash qiyin bo‘lgan jamoa ekanimizni bilamiz", — dedi murabbiy.  

Shuningdek, Slot Dominik Soboslaining o‘yinga ta’siri haqida ham to‘xtalib o‘tdi:  
 
"Dominik Soboslai "Tottenxem Xotspur"ga qarshi ajoyib o‘ynadi. Bizda reja bor edi, u "Vest Xem"ga qarshi ham ajoyib o‘ynashi kerak edi. Biroq u o‘yinda qatnasholmaydi, shuning uchun boshqa bir o‘yinchi o‘zini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi", — dedi Slot.  

"Vest Xem" – "Liverpul" o‘yini 29 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da bo‘lib o‘tadi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 22:24, 28.12.2024.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.