Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shaxmat. Javohir Sindarov oltinchi, Afruza Hamdamova 7-o‘rinni egalladi!

Shaxmat. Javohir Sindarov oltinchi, Afruza Hamdamova 7-o‘rinni egalladi!

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining rapid yo‘nalishi yakuniga yetdi. Sportchilar 3 kun davomida 13 tur bahslarida ishtirok etishdi.

Ayollar o‘rtasidagi JCHda ilk marta ishtirok etgan 15 yoshli Afruza Hamdamova musobaqa kashfiyotiga aylandi. Dastlabki ikki kun natijalaridan so‘ng (8 tur) 5,5 ochko to‘plab turgan hamyurtimiz uchinchi kunda ham sensasion natija qayd etdi. Afruza dastlab FIDEning ayollar o‘rtasidagi rapid reytingi yetakchisi Ju Venjun (Xitoy)ni mag‘lub etgan bo‘lsa, so‘ngra germaniyalik Elizabet Petsni taslim etdi.

Hamdamova so‘nggi turda rossiyalik Katerina Lagnoga qarshi qora donalarda o‘ynadi. 15 yoshli sportchimiz unda g‘alaba qozonsa, hattoki jahon chempionligini ham qo‘lga kiritishi mumkin edi. Ammo tomonlar 28-yurishdan keyin durangga imzo chekishdi.

Natijada Afruza 8 ochko bilan turnirni yakunladi. U chempionlikni qo‘lga kiritgan Xampi Koneru (Hindiston)dan atigi 0,5 ochko ortda qoldi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra yurtdoshimiz 7-o‘rinni band etdi.



Hamdamova rapid yo‘nalishida FIDE reytingida o‘z hisobiga naq 218 ball qo‘shdi va 130 pog‘onaga sakragan holda top-20ga kirib oldi! Afruza endi blis bahslarida ishtirok etadi.

Erkaklar o‘rtasidagi turnirda Javohir Sindarov 7-o‘rinni egalladi. Yurtdoshimiz bugun Yan Nepomnyashiyga yutqazib, Andrey Volokitin va Yan-Kshishtof Dudani mag‘lub etdi. Gresiyalik Nikolas Teodorou bilan esa durang qayd etdi. Natijada Sindarov 9 ochko bilan turnirni yakunladi.

Nodirbek Abdusattorov bugungi janglarda omadsizlikka yuz tutdi. Vatandoshimiz bugun ikki mag‘lubiyat, bir durang va bir g‘alaba qayd etdi. Nodirbek 8,0 ochko bilan JCHni 28-pog‘onada tugatdi.

Jahongir Vohidov 7,5 ochko bilan 48-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Muhiddin Madaminov 7,0 ochko 86-qatorni band etdi. Shamsiddin Vohidov uchun esa musobaqa muvaffaqiyatsiz yakunlandi — 131-o‘rin (5,5 ochko).

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning barcha medallari rossiyaliklarga nasib etdi — Volodar Murzin (10 ochko), Aleksandr Grishchuk (9,5) va Yan Nepomnyashchiy (9,5).



Shaxmatchilar 30 va 31 dekabr kunlari blis bo‘yicha JCHda ishtirok etishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:35, 29.12.2024.
O'qildi: 6092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.