"Bavariya" vingeri Leroy Sane hozirgi klubida qolishi mumkin.
28 yoshli futbolchi muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirish va qolish uchun maoshining muhim qismidan voz kechishga tayyor, ammo myunxenliklar rahbariyati nemis bilan xayrlashishga moyil, deya xabar beradi Kicker.
Agar futbolchi mavsumning ikkinchi yarmida ajoyib o‘yin ko‘rsatsa, "Bavariya" o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqadi.













