"Vasko da Gama" bilan shartnomasi tugashiga olti oy qolganda, o‘ttiz yetti yoshli fransiyalik yarim himoyachi Dimitri Paye yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qildi.
U Fransiyaga qaytish niyatida, u yerda ukasi Entoni bilan yonma-yon o‘ynashni istaydi, deya xabar beradi Le Parisien.
"Men "Romarantino" tarkibida uchinchi ligada o‘ynayotgan ukam Entoni bilan birga o‘ynashni xohlardim. Hamma narsa bo‘lishi mumkin", - dedi Paye.