"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Misrlik futbolchi yakshanba kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda (5:0) bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Squawka xabariga ko‘ra, Saloh Premyer-liga tarixida bir mavsumda 20 tadan kam o‘yinda 30 ta golda ishtirok etgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
Ilgari buni faqat “Liverpul” sharafini himoya qilgan Luis Suares (2013/14) uddalagan edi. Shu bilan birga urugvaylik futbolchiga 19 ta o‘yin kerak edi - bu "qizillar"ning hozirgi yulduzidan bitta ko‘p.