Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Elit OCHLga "zayavka" qoidasi qanday?

Elit OCHLga "zayavka" qoidasi qanday?

Baho:
+ | -

Izohlarda ko‘pchilik tomonidan takrorlangan savol:

«Elit OCHLning fevral oyidagi o‘yinlarida jamoalar aynan mavsum boshida «zayavka» qilingan futbolchilar bilan o‘ynaydimi? Deylik, «Paxtakor» transferlarni amalga oshirsa, oxirgi 2ta bahsda yangi futbolchilarini o‘ynata oladimi?»

*** 

Elit OCHL mavsumida 3ta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati mavjud:

1. Birinchi oyna saralash bosqichida ishtirok etuvchi klublar uchun.

2. Ikkinchi oyna guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar uchun. Muddat har bir klubning turnirdagi 1-o‘yinidan 15 kun oldin tugaydi.

3. Uchinchi oyna guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar uchun mo‘ljallangan va 7-tur o‘yinidan 15 kun oldin tugaydi.

Ushbu oynalarning har birida klublar 18-35 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ya’ni «Paxtakor» 7-turdan o‘rin olgan «Al-Garafa»ga qarshi o‘yin vaqtidan 15 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganidan qat’iy nazar, 35 nafargacha futbolchini «zayavka»ga kiritishi mumkin. Qolaversa, jamoada o‘yinga 5 kun qolgan vaqtgacha yana 5 nafar yangi futbolchini ro‘yxatga qo‘shish imkoniyati bor, agar umumiy kvota 35 nafardan oshmagan bo‘lsa. Bu ham hammasi emas. Har bir klub 2025 yilning 31 mart kuniga qadar yana 3 nafargacha yangi futbolchi olishi mumkin. Demak, «Paxtakor» 2025 yilning 19 yanvariga qadar klub bilan shartnomasi mavjud istalgan futbolchini «zayavka»ga kiritishga haqli. 29 yanvarga qadar yana 5 nafar, 31 martgacha esa yana 3 nafar futbolchini ro‘yxatga qo‘shish imkoni bor.

Kichik tushuntirish. Ha, «Paxtakor» klub bilan shartnomasi bor har qanday 35 nafar futbolchini ro‘yxatga qo‘shishi mumkin, lekin bunda bir nechta shart bor:

- 25 nafar futbolchi har qanday yoshda bo‘lishi mumkin («A» ro‘yxati).

- 10 nafar futbolchi 2003 yilning 1 yanvari yoki undan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak («V» ro‘yxati).

- «A» ro‘yxatida kamida 2 nafar futbolchi mahalliy tarbiyalanuvchi bo‘lishi shart. Klubning o‘zi yoki mamlakatning boshqa jamoasida 15-21 yoshigacha kamida 3 yil o‘tkazgan futbolchi shu toifaga to‘g‘ri keladi.

- Shu 2 nafar futbolchidan kamida bir nafari klub tarbiyalanuvchisi bo‘lishi kerak.

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 10:43, 01.01.2025.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.