Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Barsa" Dani Olmoni sotib olmasa millionlab yevro yo‘qotadi.

"Barsa" Dani Olmoni sotib olmasa millionlab yevro yo‘qotadi.

Baho:
+1 | -

Oldinroq kataloniyaliklar Olmo va Pau Viktorni mavsumning ikkinchi yarmi uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani ma’lum bo‘lgandi. La Liga ularni qaydnomadan olib tashladi.

Olmo shartnoma shartlariga ko‘ra, agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, "Barsa"ni erkin agent sifatida tark etish huquqiga ega.

Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, "blaugrana" yarim himoyachiga yozda tuzilgan shartnomaning butun muddati uchun maosh to‘lashi kerak bo‘ladi, deb yozadi Mundo Deportivo. Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.

Qolaversa, Olmo qishda tekinga ketsa, "Barselona" balansida muammolar yuzaga keladi.

Mundo Deportivo nashrining ta’kidlashicha, ispaniyalik futbolchining "RB Leypsig"dan transferi "Barsa"ga 48 million yevroga tushgan. Oddiy vaziyatda, 48 million transfer narxi Olmoning shartnomasining butun muddati uchun teng ravishda hisobga olinadi. Shartnomaning har 6 yili uchun 8 million yevro. Agar Olmo hozir erkin agent sifatida ketsa, 48 millionning barchasi joriy mavsumdagi yo‘qotish sifatida hisobga olinadi va bu Kataloniya klubining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qiladi.

Kiritildi: 15:02, 01.01.2025.
O'qildi: 2608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик