Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem 1-2 Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya 1-1 Empoli
04/01 20:00 Bornmut 1-0 Everton
04/01 20:00 Aston Villa 2-1 Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas 1-1 Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton 0-5 Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti 4-1 Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina 0-3 Napoli
04/01 22:30 Brayton 1-1 Arsenal
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma
06/01 00:45 Roma - Lasio

Shaxsiy raqam futbolda katta sharafdir

Shaxsiy raqam futbolda katta sharafdir

Baho:
+ | -

Cportda shaxsning konkret jamoadagi o‘ziga xos maqomini ifoda etadigan usullar juda ko‘p

Lekin stadionda faqat bitta nom bo‘ladi, xuddi «Real»dagi sobiq prezident Santyago Bernabeu kabi. Arena atrofiga haykallar o‘rnatish ham metod, biroq 30ta haykal qo‘yish mumkin emas. Ko‘chalar va mashg‘ulot bazalarining nomlari - odatiy hurmat-ehtirom metodi. Futbolda esa asosan Shimoliy Amerikadagi boshqa sport turlaridan so‘rab olishdek maxsus an’ana bor.

Ancha vaqtgacha futbolda zayavkalarga birkitib qo‘yilgan raqamlar bo‘lmagan. Futbolchilar pozisiyalarni belgilab beradigan 1dan 11gacha bo‘lgan raqamlarda maydonga tushishgan. Hozirgacha o‘yin-chining ixtisosini belgilashda «sakkizlik», «oltilik» va «o‘nlik» iboralaridan foydalanadilar. Biroq o‘yinchining o‘z raqam tanlash huquqiga ega bo‘lgach, an’anani qarzga olish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Futbol olami tarixida ilk marta 10-raqamni muomaladan olib tashlandi. «Nyu-York Kosmos» klubi o‘zining Pelega bo‘lgan hurmat-ehtiromini shu usulda izhor etgandi.

Raqamlarni muomaladan chiqarilishining bir nechta sabablari bor. Birinchisi, fojiaviy, futbolchining o‘limi. Ikkinchisi, vaqti chog‘lik. Ayrim jamoalar klub tarixidagi nufuzli shaxslarga tiriklik paytlarida iltifot ko‘rsatadilar. Terma jamoalarda biroz qiyinroq. FIFA-dagilar ko‘proq pul haqida o‘ylashlari sababli, Argentinaga Maradona shara-figa 10-raqamni muomaladan chiqarishga ruxsat berishmagandi. Shu bois, Messi Diyegoning raqamida to‘p surmoqda. Kamerunga esa 17-raqamni muomaladan chiqarishiga ijozat bermay, marhum Foeni hurmatlash imkoniyatidan mahrum qilishdi.

Yaqinda «Bavariya» 5-raqamni rasman muomaladan chiqardi. Yil boshida olamdan o‘tgan Frans Bekkenbauer hurmatini joyiga qo‘yishga biroz kechikdi, shu ishni afsonaning tiriklik paytida amalga oshirganida yaxshi bo‘lardi. Biroq kechikib bo‘lsada, xayrli ish amalga oshirildi. Kayzer nafaqat «Bavariya», nemis futboli uchun ham obro‘-e’tiborli shaxs, nemis futbolining timsoli.

Ikkita raqamni tez-tez muomaladan chiqaradilar

Topa olasizmi? Birinchisi nisbatan oson. «O‘nliklar» boshqalardan ajralib turadilar, axir ular snayperlar va yetakchilar. Shu sababli ularni izzat-ikrom bilan yodga oladilar. Lekin ikkinchi raqamni topish qiyinroq. Yo‘q, futbol olamida muomaladan chetlatilgan 1-raqamlar ko‘p bo‘lsada, gap darvozabonlar haqida emas. Hatto Rojerio Senida «01» raqami bor. Biroq «ettilik»ni chiqarish ommaviyroq. Faqat bu an’ana mashhur futbolchilarga aloqador emas. Gap mitti klublardagi muayyan afsonalari haqida ketmoqda.

Muomaladan chiqarilgan mashhur «o‘nliklar» esa boshqa masala. «Gonved» 10-raqamni hech kimga bermaydi, u Ferens Pushkashga tegishli. Vengr futboli afsonasining tiriklik chog‘ida sharaflanishi yoqimli, albatta.

Maradona va «Napoli» ham oddiy va tushunarli. Klubda daho maqomiga ko‘tarilish kamdan-kam legionerga nasib etadi. Biroq argentinalik hujumchi Buenos-Ayres va Neapolda hayotlik davridayoq bunga muvaffaq bo‘lgandi. Italiyaliklarga amerikacha an’ana qolgandi. Shu sababli «Roma» Franchesko Tottining, «Breshiya» Roberto Badjoning raqamlarini hech kimga bermaslikka qaror qildi. Bu yerda hech qanday bahs-munozaraga o‘rin yo‘q.

Varshavaning «Legiya»sida esa buyuk pleymeyker Kazimej Deyna xotirasi e’zozlandi. Vaholanki, u klub tarbiyalanuvchisi bo‘lmagan, Polshaning shimolida tug‘ilib-o‘sgandi. Deyna juda qisqa vaqt ichida poytaxt klubining afsonasiga aylandi. 70-yillar oxirida kommunistlar Kazimejning «Manchester Siti»ga o‘tishiga ijozat berishdi. Afsuski, «Bavariya» va «Real»da to‘p surish pleymeykerga nasib etmadi. Madridliklar unga taklif sifatida klub futbolkasini ham yuborishgandi.

Angliyadagi faoliyatidan so‘ng Deyna AQSHga yo‘l olib, San-Diyegoda to‘p surdi va 41 yoshida avtohalokat tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Kazimej navqironlik davrida «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlar ro‘yxatida Kroyf va Bekkenbauerdan keyingi 3-o‘rinni band etgan, bu mashhur kasbdoshlari kabi AQSHda to‘p surgandi. Yakunda ular bilan birgalikda raqamlari muomaladan chiqarilgan futbolchilarning faxriy klubidan joy oldi.

Vafot etgan yosh futbolchilar xotirasi yodga olindi

«Manchester Siti»da hech kim Mark-Vivyen Foening 23-raqami ostida maydonga tushmaydi. «Shaharliklar»ning kamerunlik yarim himoyachisi 28 yoshida yorug‘ dunyoni tark etdi. «Lans», «Lion» va «Siti» unga hurmat sifatida bu raqamlardan voz kechishgan. Shuningdek, Andres Inyestaning JCH-2010 finalidagi g‘alabani qanday nishonlaganiga butun dunyo guvoh bo‘lgandi. Gol urganidan keyin xavbek futbolkasini yechib, maykasidagi yozuvni namoyish etgandi: «Dani Xarke doimo biz bilan!» «Espanyol» futbolchisi yurak xuruji oqibatida 26 yoshida olamdan o‘tgan.

Serxio Ramos o‘zining g‘alabalarini Antonio Puerta ruhiga bag‘ishlardi. «Sevilya» himoyachisi 22 yoshda vafot etgan. Ispaniyada uning 16-raqamini bekor muomaladan chiqarishning iloji yo‘q. Bu raqam ostida masalan, Denis Cherishev to‘p surgan. Lekin Puertaning o‘g‘li Aytor Antonio futbolchi bo‘lsa, otasining raqamiga merosxo‘r bo‘ladi. Italiyada olamdan barvaqt ko‘z yumgan «Fiorentina» va «Kalyari» futbolchisi Davide Astorini hurmat bilan esga olishdi. «Yuventus» rahbariyatiga esa Shireani xotirlash uchun farosat yetishmadi.

Afsonaviy himoyachi Gaetano «Yuventus»dagi raqibini Polshada ko‘rib chiqqandi. Uning avtomobili yonilg‘i tashiydigan yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida portlash yuz bergandi. E’tiborli jihati shundaki, Polsha zaminida yuz bergan mazkur fojiadan ikki kun avval polshalik Deyna San-Diyegodagi avtohalokat tufayli vafot etgandi. Futbol ikki nafar afsonadan judo bo‘ldi.

RPLda maydondagi to‘qnashuv oqibatida fojiali halok bo‘lgan MASK darvozaboni Perxunning 16-raqamini, «Rubin»-da Qoradenizning 61-raqamidan hech kim foydalana olmaydi. Lekin eng taniqli va muvaffaqiyatga erishgan jamoalarning birorta vakili bunday siylovga erisha olmagan. Top-ligalar beshligida esa bunday o‘yinchilar uchrab turadi. Barezi va Maldiniga uzoq umr tilaymiz, bu ikki himoyachi sharafiga «Milan» «oltilik» va «uchlik»ni muomaladan chiqardi.

Zanettiga bo‘lgan ehtirom tufayli «Inter»ning zayavkasida «to‘rtlik» raqam yo‘q. «Ayaks» Kroyfning 14-raqamini muomaladan olgan. Romario esa «Vasko da Gama» bilan o‘zining 11-raqamini muomalaga qaytarish xususida kelishib oldi. Liberiya terma jamoasi esa yirik musobaqalarda ishtirok etmayotganidan foydalanadi: «Oltin to‘p»ning afrikalik yagona sohibi Jorj Veaning 14-raqami ishlatilmaydi. «Chelsi»da Zolaning 25-raqami ishsiz maqomida edi, keyinchalik uni Kaysedoga berishdi. Hikoyamizni aql bovar qilmaydigan fakt bilan nihoyasiga yetkazamiz. Jud Bellingem sharafiga «Birmingem»dagilar 22-raqamni muomaladan chiqarishdi. 21 yoshli xavbek qadrdon klubi safida atigi bir mavsum o‘ynagandi. Borib turgan ahmoqlik, bunday bema’nigarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shu ketishda klublar raqamlarsiz qolishi hech gapmas. Mayli, mazkur nisbatan yangi an’ana o‘ta barvaqt olamdan o‘tgan asl afsonalar xotirasini hurmatlashda davom etsin.

 Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 08:58, 02.01.2025.
O'qildi: 1931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.