Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Futzal. Ayollar terma jamoamiz Osiyo kubogi saralash bahsini yanvar oyida Toshkentda o‘tkazadi

Futzal. Ayollar terma jamoamiz Osiyo kubogi saralash bahsini yanvar oyida Toshkentda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Farruh Zokirov boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi yanvar oyida 2025 yilgi ayollar futzali bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Jamoamiz joy olgan «S» guruhi bahslari joriy yilning 11–19 yanvar kunlari Toshkent shahridagi «Yunusobod» sport majmuasida o‘tkaziladi. Saralash natijalariga ko‘ra, to‘rt guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar va eng yaxshi bitta 3-o‘rin sohibi 2025 yilning 7–18 may kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan qit’a musobaqasining final bosqichiga yo‘l oladi. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi saralash bosqichidagi ishtirokini 2-turdan boshlaydi.

2-tur. 13 yanvar | 15:00
Filippin — O‘zbekiston

3-tur. 15 yanvar | 18:00
O‘zbekiston — Kuvayt

4-tur. 17 yanvar | 18:00
Avstraliya — O‘zbekiston

5-tur. 19 yanvar | 18:00
O‘zbekiston — Turkmaniston

Ma’lumot o‘rnida, futzal bo‘yicha ayollar Osiyo kubogida dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalar 2025 yilning noyabr – dekabr oylarida tarixda ilk bor tashkil etilayotgan futzal bo‘yicha FIFA ayollar Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:40, 02.01.2025.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик