"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Alexandro Garnachoni "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomadan chetlatib, jazolashga qaror qildi.
Argentinalik futbolchi 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan derbida "qizil iblislar" tarkibidan chetda qolgandi.
Jurnalist Kris Uiler xabar berishicha, murabbiyning bunday qarorga kelishiga Garnachoning avvalgi o‘yinda "Viktoriya Plzen"ga qarshi o‘zini tutishi sabab bo‘lgan: futbolchi 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushishdan oldin portugaliyalikning ko‘rsatmalariga quloq solmagan.
Alexandro Garnacho "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Manchester Yunayted" safiga qaytdi. Keyingi to‘rtta o‘yinda u zaxiradan maydonga tushdi.