Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Eldorbek Suyunov "Neftchi" posboniga aylandi!

Eldorbek Suyunov "Neftchi" posboniga aylandi!

Baho:
+ | -

"Neftchi" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Tarkibga tajribali darvozabon Eldorbek Suyunov kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsum Namanganning "Navbahor" jamoasining darvozasi dahlsizligini qo‘riqlagan posbon farg‘onaliklar a’zosiga aylandi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun Eldorbek Suyunov 1991 yil, 12 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2011 – 2017 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi - 2023 yillar) jamoalari darvozasini qo‘riqlagan.

O‘zbekistonning 5 karra chempioni (2019, 2020-2023 yillar), shuningdek, milliy chempionatimizning kumush (2011 yil) va bronza (2013-2015, 2016-2017 yillar) medallari sohibi.

Uch marta O‘zbekiston kubogini (2015, 2019 – 2020 yillar)  hamda bir marta OFK kubogini (2011 yil) qo‘lga kiritgan.

2013-2021 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini 28 ta o‘yinda qo‘riqlagan.

"Eldorbek Suyunovga “Neftchi” jamoasidagi faoliyatida omad yor bo‘lib, jamoamizning g‘alabalariga o‘z xissasini qo‘shishini tilakdoshimiz!" - deyiladi farg‘onaliklarning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 21:46, 04.01.2025.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.