"Nyukasl" APLning 20-turi doirasida "Tottenxem"ni mag‘lub etdi (2:1).
Bu jamoaning Angliya chempionatidagi ketma-ket beshinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Londonliklar uchun bu Angliya chempionatining so‘nggi 7 turidagi beshinchi mag‘lubiyati bo‘lib, jamoada 1 durang va 1 g‘alaba bor.
O‘tkazilgan 20 ta o‘yindan so‘ng, "Nyukasl" 35 ochko va APL turnir jadvalida beshinchi, "Tottenxem" 24 ochko va 11-o‘rinni egallab turibdi.