"Liverpul" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi Angliya Premyer-ligasi o‘yini rejalashtirilganidek bo‘lib o‘tadi, bu haqda mersisaydliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yakshanba kuni avvalroq ob-havo va stadionga sayohat sharoitlarini baholash uchun ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Natijada, o‘yin bo‘lib o‘tishi mumkinligiga qaror qilindi.
“Liverpul” – “Manchester Yunayted” o‘yini bo‘yicha shubhalar mintaqada qor yog‘ishi sababli yuzaga kelgandi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanishi kerak.