Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

OKMK Islom To‘xtaxo‘jayev bilan shartnomani uzaytirdi

OKMK Islom To‘xtaxo‘jayev bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

OKMK yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va yoshlarga imkoniyat yaratish siyosatini izchil davom ettirmoqda. Klub rahbariyati o‘z safiga iqtidorli futbolchilarni jalb qilish barobarida, hozirgi tarkibdagi yetuk o‘yinchilarni saqlab qolishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Ana shunday fidoyi va tajribali futbolchilardan biri — jamoa sardori Islom To‘xtaxo‘jayev bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Endilikda, markaziy himoyachi 2025 yil oxirigacha «konchilar» sharafini himoya qilishda davom etadi.

2023 yilning iyul oyidan buyon OKMK sharafini himoya qilib kelayotgan To‘xtaxo‘jayev jamoaning asosiy tayanch futbolchilaridan biriga aylandi. Shu kungacha u 38 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning himoyadagi o‘ziga xos ishonchli harakatlari va samaradorligi uni mudofaa chizig‘ida haqiqiy devorga aylantirdi — jami 2994 daqiqa davomida maydonda barqaror o‘yin ko‘rsatdi.

"Islom To‘xtaxo‘jayevning sardorlik fazilatlari va professional mahorati yosh futbolchilarga ilhom bag‘ishlab, jamoaning ichki birligini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. U yangi mavsumda ham OKMK FKning eng muhim maqsadlariga erishishida tayanch ustun bo‘lishi shubhasiz" - deyiladi olmaliqliklarning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 23:04, 05.01.2025.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик