"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Milan"ga qarshi Italiya Superkubogi finali oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv dushanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
"Superkubok - bu mavsumda qo‘lga kiritilgan birinchi sovrin, yangi yildagi birinchi maqsadimiz. Bu final, derbi va biz o‘yin naqadar muhim ekanini tushunib turibmiz.
Bizni kuchli raqib kutib turibdi. "Milan" bizni A Seriyada mag‘lub etgan yagona jamoa. Bu katta qiyinchilik. Biz kubokni uyga olib kelmoqchimiz", dedi "neradzurrilar" sardori Martines matbuot anjumanida.