Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Yamal ham "Barselona" bilan Saudiyaga uchadi

Yamal ham "Barselona" bilan Saudiyaga uchadi

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya Superkubogi o‘yinlari uchun butun jamoa bilan Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Bu haqda Diario Sport jurnalisti Toni Xuanmarti xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Yamal 2024 yilning dekabr oyi o‘rtalaridan beri jarohati tufayli maydonga tushmayapti.

Manbaga ko‘ra, Yamal "Barselona" bilan Jiddaga yo‘l oladi, biroq u umumiy guruh bilan bir yoki ikkita mashg‘ulot o‘tkazishga vaqt topa oladi xolos. Ta’kidlanishicha, hammasi uning holatiga bog‘liq, chunki na klub, na futbolchining o‘zi tavakkal qilishni xohlamaydi.

Manbaning ta’kidlashicha, Yamal o‘yinlarda qatnashishni va Superkubokda "Barselona"ga yordam berishni xohlaydi, biroq u buni 100 foiz tayyor bo‘lsagina qilish kerakligini tushunadi.

Kiritildi: 05:38, 06.01.2025.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик