Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Pro murabbiylik kursida tahsil olayotgan mutaxassis Superliga klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlashiga ruxsat

Pro murabbiylik kursida tahsil olayotgan mutaxassis Superliga klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlashiga ruxsat

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha — 6 yanvar kuni Assosiasiya va Liga rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda O‘FA texnik direktori Gi Kiala ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Superliga klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradigan mutaxassislar masalasi ham muhokama qilindi. Sir emaski, bu lavozim uchun Pro lisenziyasi talab etiladi. Ayni vaqtda mazkur lisenziyaga ega mahalliy mutaxassislar sanoqli hisoblanadi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda biroz tanaffusdan so‘ng Pro lisenziyasi uchun navbatdagi o‘quv kursi start oldi. Unda 21 nafar mutaxassis tahsil olayotgan bo‘lib, shundan 17 nafari mahalliy murabbiylar hisobalanadi. Bu o‘z-o‘zidan joriy mavsum so‘ngida Pro lisenziyasiga ega o‘zbekistonlik mutaxassislar soni yana bir necha nafarga ko‘proq bo‘lishini anglatadi.

Yanvar oyidan e’tiboran professional futbol klubi maqomini olish uchun da’vogar klublar OFK lisenziyalashidan o‘tishni boshladi. Bunda ular OFK platformasiga Pro lisenziyasiga ega shaxsni bosh murabbiy sifatida yuklashi lozim. Kechagi uchrashuvda OFK talabi muhokama qilindi va 2025 yilda Pro kursiga tahsil olayotgan mutaxassislarga Superliga yoki Proliga klubi bosh murabbiyi sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tishga ruxsat berildi. Bu o‘z navbatida futbol klublarida tanlov imkoniyatini oshiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:31, 07.01.2025.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.