"Bavariya" Yonas Urbigni Manuel Noyerga zaxira varianti sifatida qo‘lga kiritmoqchi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 21 yoshli darvozabon hozirda Noyerning zaxira varianti sifatida ishlashga ma’qul nomzod hisoblanadi. 38 yoshli futbolchi yaqin kunlarda shartnomasini 2026 yilgacha uzaytiradi.
Urbigning "Kyoln" bilan shartnomasi ham 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Germaniya U-21 terma jamoasi a’zosi yozda "Bavariya"ga o‘tishi kutilmoqda. Biroq ayni damda myunxenliklar na "Kyoln" bilan, na futbolchining jamoasi bilan hech qanday muzokara olib borishmayapti.
Urbig joriy mavsum ikkinchi Bundesligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi.