"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi Bundesliganing 16-tur o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, kecha, 7 yanvar kuni mashg‘ulot vaqtida 32 yoshli shveysariyalik kurashda to‘pig‘ini bukib olgan. Shu sababli xavbek mashg‘ulotlarni muddatidan oldin tugatishga majbur bo‘ldi.
"Borussiya" Dortmund - "Bayer" o‘yini 10 yanvar kuni soat 00.30 da boshlanadi.