"RB Leypsig" "Milan"ga Noa Okafor bo‘yicha taklif yubordi.
Oldinroq klublar yarim himoyachining transferi borasida muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma 10-12 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijara hisoblanadi.
Shu bilan birga, insayder tomonlar o‘rtasida hali kelishuvga erishilmaganini ta’kidlaydi.
Okafor A Seriyaning joriy mavsumida “Milan” safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.