Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Agar Kvarasxeliya "PSJ"ga o‘tsa Rossiya va Gruziya klublari tovon puli oladi

Agar Kvarasxeliya "PSJ"ga o‘tsa Rossiya va Gruziya klublari tovon puli oladi

Baho:
+ | -

Agar Fransiyaning "PSJ" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliyani 80 million yevroga sotib olsa, Qozonning "Rubin" klubi birdamlik uchun 1,2 million yevro oladi, deya xabar beradi Transfermarkt portali. Parijliklarning bu taklifi haqida avvalroq jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmog‘ida xabar bergan edi.

Shuningdek, bunday transfer amalga oshirilsa, "Rustavi" 400 ming yevro, "Dinamo" (Batumi) esa 1,6 million yevro oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xvicha 2019 yilning iyulidan 2022 yilning martigacha "Rubin" safida o‘ynagan.

Italiya chempionatining joriy mavsumida 23 yoshli Kvarasxeliya 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Italiya kubogida ham bitta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 21:09, 09.01.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик