Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Buxoro" yangi mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

"Buxoro" yangi mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avvalroq Superliganing 4 ta klubi yangi mavsumni qaysi arenada o‘tkazishi noaniq ekanligi haqida xabar berilgan bo‘lib, ular orasida "Buxoro" ham bor ekani ochiqlangandi.

Kecha — 9 yanvar kuni "Buxoro" klubi Toshkentdagi "Jar" stadioni bilan kelishuvga erishdi va uch tomonlama tuzilgan shartnomani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Shuningdek, "Paxtakor" klubi ham o‘z arenasi tayyor bo‘lguniga qadar uy uchrashuvlarini "Jar" stadionida o‘tkazishi aytilgandi.

Buxoro shahridagi stadion Superliga talabi darajasiga qachon tayyor bo‘lsa, Liga uni qabul qilish uchun o‘z mutaxassislarini yuboradi. Stadion qabul qilinganidan keyingina mazkur arenada rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ruxsat etiladi.

Kiritildi: 01:00, 10.01.2025.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик