Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem samarali harakatlar seriyasini davom ettirdi.
Angliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogining nimchorak finalida "Malyorka"ga qarshi o‘yinda 63-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Yarim himoyachi noyabr oyi boshidan beri "Los-Blankos" safida 13 o‘yinda 13 ta golda ishtirok etdi. 21 yoshli futbolchining o‘zi to‘qqizta gol urdi va yana to‘rt marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.