Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Qozog‘istonlik bloger: "O‘zbekistonda futbol Qozog‘istonga qaraganda ancha ilgarilab ketdi"

Qozog‘istonlik bloger: "O‘zbekistonda futbol Qozog‘istonga qaraganda ancha ilgarilab ketdi"

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik bir bloger O‘zbekiston futbolda ulardan ustun ekanini aytdi.

Qozog‘istonlik bloger va ssenariy muallifi Nurmaxan Mukanuli O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilayotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi qozog‘istonliklar Yevropaning top-futbol klubi O‘zbekiston terma jamoasidan Fransiyaning "Lans" klubida o‘ynaydigan futbolchini sotib olishga hozirlik ko‘rayotganiga haligacha ishonmayapti.

"Futbol haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘zbeklar sezilarli darajada o‘zib ketishdi va oldinga o‘tishdi. Hozir O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishi mumkinligi haqida gapiryapmiz. Vaholanki, bungacha ham o‘zbekistonliklarning 2010, 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyati bo‘lgan edi. Faqat bir oz omad yetishmayotgan edi.

O‘zbekiston 2014 yilni hamon eslaydi, o‘shanda terma jamoa to‘plar farqi, mohiyatan bir gol kamligi tufayli jahon chempionatiga chiqa olmagan va Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lgandi. Bularning barchasi O‘zbekiston bizdan ilgarilab ketganini tasdiqlaydi. Ular 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Parijdagi Olimpiadada qatnashishdi.

Shu bois, "O‘zbekistonliklar jahon chempionatiga qanday yo‘l oladi?", "Bu qanday ro‘y berishi mumkin? "O‘zbek futbolchisi APL klubiga o‘tdimi?" "Ular havaskorga o‘xshaydi" kabi savollar tug‘iladi" - dedi Mukanuli yutub kanalida.

Kiritildi: 22:40, 12.01.2025.
O'qildi: 3464 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.