Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Shu hafta Husanovning transferidan tashqari, yana bir yirik transfer amalga oshadi

Shu hafta Husanovning transferidan tashqari, yana bir yirik transfer amalga oshadi

Baho:
+ | -

"Napoli"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya shu haftaning o‘rtalarida Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun Italiya va Fransiya klublari o‘rtasidagi muzokaralarda hal qiluvchi kun bo‘lishi kerak. Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishilsa, gruziyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun chorshanba yoki payshanba (15-16 yanvar) kuni Parijga keladi.

Avvalroq OAVda Kvarasxeliya yana bir qancha foydali takliflarni rad etib, "PSJ"ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning fransuz klubidagi maoshi Italiyadagi amaldagi shartnomasiga nisbatan 5 barobar oshishi mumkin. Futbolchining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Joriy mavsumda 23 yoshli gruziyalik futbolchi klub safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:21, 13.01.2025.
O'qildi: 3734 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик