Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Napoli" Garnacho variantini rad etdi, ular Vernerni ijaraga olmoqchi

"Napoli" Garnacho variantini rad etdi, ular Vernerni ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

Alexandro Garnacho "Napoli"ga o‘tishga rozi edi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, dushanba kuni Italiya klubi rahbariyati vakillari Barselonada "Manchester Yunayted" vingeri agentlari bilan uchrashuv o‘tkazishgan. "Napoli" sport direktori Jovanni Manna va bosh murabbiy Antonio Konte Garnachoni qadrlashadi, argentinalik futbolchining o‘zi ham bu kelishuvga qarshi emas.

Qayd etilishicha, neapolliklar futbolchining maoshi talabini qondira oladi – uning "Manchester Yunayted"dagi daromadi, avvalroq xabar qilinganidek, "PSJ"ga o‘tishga yaqin turgan Xvicha Kvarasxeliyaning maoshiga teng.

Shu bilan birga, Garnachoning "Napoli"ga o‘tishiga "Manchester Yunayted"ning moliyaviy talablari to‘sqinlik qilishi mumkin – mankunianliklar vinger uchun 80 million yevro atrofida pul talab qilishmoqda. Neapolliklar bu summani juda yuqori deb hisoblashmoqda va bonuslar bilan birga bor-yo‘g‘i 45 million yevro taklif qilishga tayyor.

Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, "Napoli" Garnachoga muqobil sifatida huquqlari "RB Leypsig"ga tegishli bo‘lgan Timo Vernerni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 16:53, 15.01.2025.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.