Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Timur Kapadze Qozog‘istonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar berdi

Timur Kapadze Qozog‘istonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar berdi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning sportga ixtisoslashgan saytlaridan biri “Sports.kz” O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan bog‘lanib, O‘zbekiston futbolidagi rivojlanishning asosiy nuqtalari, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi va Qozog‘iston futbolini yaxshilash bo‘yicha suhbatlashdi.

— So‘nggi paytlarda O‘zbekiston futboli katta e’tiborni jalb qilmoqda. Sizningcha, yuksalishning asosiy sababi nimada?
— Eng avvalo, mamlakatimizda futbolni juda sevishadi.

— Futbolingiz rivojlanishida qaysi lahza hal qiluvchi bo‘ldi?
— 2019 yil oxirida O‘zbekiston Prezidentining mamlakatda futbolni rivojlantirish bo‘yicha farmoni imzolandi. Ushbu farmonda 2030 yilgacha futbolni yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘ylaymanki, bu bizning futbolimiz rivojlanishidagi asosiy nuqta bo‘ldi.

— Mantiqan olganda, O‘zbekistonning keyingi yutug‘i Jahon chempionatiga chiqish bo‘lishi kerak. Bu boradagi imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?
— Ha, biz terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonamiz, chunki imkoniyatlarimiz yaxshi. Guruhdagi holat ham, terma jamoamizning potensiali ham raqiblarni mag‘lub etib, Jahon chempionatiga yo‘l olishga yetadi.

— Hozir ko‘pchilik Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi haqida gapirmoqda. Bu siz uchun kutilmagan hol bo‘ldimi?

— Husanovning “Man Siti”ga o‘tishi hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi, chunki klub dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lib, uni eng yaxshi murabbiylardan biri boshqaradi. Rostini aytsam, biz futbolchimiz uchun juda xursandmiz va faxrlanamiz. Bunday nufuzli klub va murabbiy Husanovning potensialini yuqori baholab, uni taklif qilgani biz uchun katta sharaf.

— Qozog‘iston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatib borasizmi?
— Albatta, kuzataman, ular uchun qayg‘uraman va muxlislik qilaman!

— O‘tgan yil Qozog‘iston milliy terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Sizningcha, vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerak?
— Haqiqatni aytadigan bo‘lsam, to‘g‘ri baho berish uchun vaziyatni ichkaridan tushunish kerak. Umuman olganda, bolalar futbolini rivojlantirish, ommaviylikni oshirish, sharoitlarni yaxshilash va murabbiylarning malakasini oshirish zarur. Bu ko‘p vaqt talab qiladi, lekin boshqa yo‘l yo‘q. Futbolni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish kerak, terma jamoa murabbiylari uchun esa ko‘p sonli kuchli mahalliy futbolchilar kerak, shunda raqobat va tanlov bo‘ladi. O‘shandagina terma jamoa kuchli bo‘ladi.

— Siz Qozog‘iston chempionatida uzoq vaqt o‘ynagansiz. Qozog‘iston va O‘zbekiston futboliga munosabatda qanday farqlarni ko‘rdingiz?
— Qozog‘iston va O‘zbekistonda futbolni yaxshi ko‘rishlariga shubham yo‘q. Lekin bizda futbolni rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qilinmoqda – infratuzilma, sport maktablari, stadionlar, maydonlar, bazalar yaratilmoqda.

— Legionerlar limitiga ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda, hozir bizda deyarli cheklov yo‘q. Bu masalada fikringiz qanday?
— Menimcha, hamma narsa me’yorida bo‘lishi va Qozog‘iston futbolini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.

— Qozog‘iston klublaridan takliflar bo‘lganmi?
— Ha, Qozog‘iston klublaridan qiziqish bo‘lgan, lekin men terma jamoada ishlayotganim sababli band edim”, dedi O‘zbekiston Olimpiya jamoasining sobiq bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, Timur Kapadze Qozog‘istonning “Aqtobe” safida uch mavsum muvaffaqiyatli o‘ynab, shu davr mobaynida Qozog‘iston chempionligi va superkubogini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Kapadze boshchiligida tarixda ilk bor Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Fransiyada o‘tkazilgan musobaqada jamoa bitta durang va ikki mag‘lubiyatni qayd etib guruhda qolib ketdi.

2024 yil yakuniga ko‘ra, Kapadze O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:22, 15.01.2025.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.