Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

"Lester" "Parma"dan himoyachi Kulibalini 3 million funtga sotib oldi

"Lester" "Parma"dan himoyachi Kulibalini 3 million funtga sotib oldi

Baho:
+ | -

25 yoshli himoyachi Premyer-liga klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsga ko‘ra, transfer narxi 3 million funt atrofida bo‘lgan.

Futbolchi shu hafta o‘zining yangi jamoasiga qo‘shiladi, chunki ular shanba kuni APL doirasida "Fulxem"ga qarshi uy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Fransiyalik futbolchi 2021 yildan buyon “Parma” safida to‘p tepadi va klub safida barcha musobaqalarda 88 ta o‘yinda maydonga tushdi. Qayd etilishicha, o‘tgan mavsumda futbolchi klubning A Seriyaga chiqishida muhim rol o‘ynagan.

Himoyachi joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:55, 16.01.2025.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик