Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Iskanderovning goli «Neftchi»ga Serbiya klubi ustidan g‘alaba keltirdi

Iskanderovning goli «Neftchi»ga Serbiya klubi ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Nftchi" kecha yig‘inlar doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Serbiyaning «Mladost» klubi bilan o‘tkazdi.

Bahsning birinchi bo‘limida yigitlarimiz ancha shiddatli va texnikaviy jihatdan mahorat bilan harakat qildilar. Raqiblar darvozaboni uchun bir necha marta xavfli vaziyatlar ham yaratdilar. Lekin, bu harakatlar aniq natija bermadi va tanaffusga jamoalar 0:0 hisobi bilan chiqdilar.

Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkinchi bo‘limni ham faollik bilan boshladilar. Bundan xavfsiragan raqiblar darvozaboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning jamoadoshlariga oshirgan uzatmasi neftchilar oyog‘iga kelib tushdi. Bundan unumli foydalangan Jamshid Iskanderov to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirib hisobni ochdi — 1:0.

Shundan keyin «Neftchi»ning maydonda harakatlangan o‘yinchilari to‘la yangilandi. Raqiblar bu holdan foydalanib qolish uchun tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar. Lekin ularning bu hatti-harakatlari natija bermadi. Bu qiziqarli bellashuv 1:0 hisobida farg‘onaliklar foydasiga yakunlandi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:22, 16.01.2025.
O'qildi: 1589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик