Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Real TV" Simeonening hakamlik haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

"Real TV" Simeonening hakamlik haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

Baho:
+-2 | -

"Real Madrid" klubi telekanali Diyego Simeonening hakamlik haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.

Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Selta"ni qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etdi (5:2), asosiy vaqt durang bilan yakunlandi – 2:2. Birinchi bo‘limda darvozabon Andrey Lunin yarim himoyachi Villiot Svedbergni jarima maydonchasi ichida ushlab qolganidan keyin bosh hakam Xose Munuyera Montero qoida buzilishini qayd etmadi.

O‘yindan so‘ng "Atletiko" bosh murabbiyi ushbu o‘yindagi hakamlarning qarorlari haqida gapirdi: "Bu yuz yildan beri sodir bo‘lmoqda. Odamlar nimaga hayron qolishayotganini bilmayman".

"Men biroz xavotirdaman, chunki La Liga qaytdi va "Barselona" reaksiyaga kirishguncha "Atletiko" bilan yakkama-yakka o‘yin o‘tkazadiganga o‘xshaydi. "Atletiko" hakamlik tizimidan anchagina foyda ko‘rayotgan jamoa. "Vik" sodir bo‘lmagan penaltidan jabr ko‘rdi, "Osasuna" yaqinda Ruben Garsiyaga nisbatan penaltidan shikoyat qildi, "Alaves" 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan paytda belgilanmagan penaltidan nolidi.

O‘tgan yili "Real Madrid" "Atletiko"ga qarshi o‘yinlarda hakamlik tizimi tufayli katta zarar ko‘rgandi. La Liga 20/21 haqida nima deyish mumkin? "Atletiko" ushbu hakamlik tizimi evaziga g‘alaba qozondi. Bu dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan birining jamoasiga qarshi o‘yin oldidan tashvish", - dedi Xesus Alkayde "Real Madrid" klubi telekanalida.

Kiritildi: 14:15, 18.01.2025.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик