Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Andijon"ning yangi legioneri: "Bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo‘lishiga ishonaman"

"Andijon"ning yangi legioneri: "Bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo‘lishiga ishonaman"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha "Andijon" chernogoriyalik 27 yoshli tajribali himoyachi Miomir Jurichkovich bilan shartnoma imzoladi.

Tabiiyki, barcha rasmiyatchiliklar hal bo‘lganidan keyin yangi legioner "Andijon" klubi matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

-  Miomir, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Bu taklif qachon bo‘ldi va siz kutganmidingiz?

-  Yaxshi kutib olganinglar uchun rahmat. Bir necha kun oldin "Saraevo" bilan shartnomani bekor qildim va darhol "Andijon"ning taklifini qabul qildim.

-  Ushbu chaqiruvni qabul qilishingizda sizni nima ilhomlantirdi?

-  Bir nechta legionerlar Andijon"da o‘ynaydi. Ular menga klub haqida juda yaxshi fikrlarni bildirishdi va ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimni tavsiya etishdi.

-  Bungacha o‘zbek futboli haqida nimalarni eshitgansiz?

-  Aytib o‘tganimdek, Chernogoriya va bolqonlik ko‘p futbolchilar bu yerda o‘ynagan va hali hamon O‘zbekiston chempionatida faoliyat olib borishadi. Ularning barchasi bu yerdagi futboldan mamnun. Shu bois, men ham xuddi shunday bo‘lishiga umid qilaman.

-  Jamoaga sizdan oldin bosniyalik Mirzad Mexanovich ham keldi. Sizning oxirgi klubingiz Bosniyaning "Saraevo" klubi edi. Mexanovichni yaxshi tanisangiz kerak?!

-  Albatta, men Mirzadni juda yaxshi bilaman. Bosniya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri hamda juda ajoyib golli paslarni amalga oshira oladi. Aminmanki, yangi mavsumda uning jamoamizga ko‘p yordami tegadi.

-  Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?

-  Murabbiy bilan uchrashdim. Mirzad uning mashg‘ulot o‘tkazish uslubini maqtadi. Bizni oldinda Antaliyadagi bir oydan ziyod yig‘in kutib turibdi. U yerda bir-birimizni yaxshiroq bilib olib, birga muvaffaqiyatli o‘ynashimizga umid qilaman.

-  "Andijon"ga o‘tishingiz faoliyatingizda oldinga tashlangan qadammi?

-  Shartnomamni bekor qilganimdan so‘ng qisqa vaqt ichida juda ko‘p takliflar qabul qildim. Lekin "Andijon"ni tanlashga qaror qildim. Chunki bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo‘lishiga ishonaman.

-  Ashaddiy muxlislarimizga nima deysiz?

-  Men klublarni tanlashda ularning muxlislariga ham e’tibor qarataman. Eng yaxshi muxlisga ega jamoani tanlashni afzal ko‘raman. Bilamanki, bizning ishqibozlarimiz O‘zbekistonda tenggi yo‘q hisoblanishadi. Ular "Andijon"ni tanlashimdagi eng asosiy sabab deb ayta olaman.

Kiritildi: 02:20, 20.01.2025.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик