Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Boliviya futbolida navbatdagi g‘aroyibot (video)

Boliviya futbolida navbatdagi g‘aroyibot (video)

Baho:
+ | -

Boliviya futbolida navbatdagi g‘aroyibot. Jamoalardan biri kerakli natijani saqlab qolish uchun hakamning final hushtagi yangramasidan oldin chetga chiqib ketganiga nima deysiz? Diqqat qiling, bunday kulguli holat qandaydir havaskorlar o‘rtasidagi uchrashuv yoki oddiyroq bahsda emas, Boliviya chempionati tizimidagi Oliy ligaga yo‘llanma beruvchi to‘qnashuvda kuzatildi. Ajabo...

Boliviya futboli shunaqa. Bu safar mamlakatda elit ligaga chiqish uchun kurash chinakamiga qiziqarli tus oldi. «Pley-off» bosqichining ilk o‘yinini o‘z maydonida «Real Oruro»ga qarshi o‘tkazib, 4:0 hisobida g‘alaba qozongan «Royal Pari» safarga xotirjam holda bordi. Biroq javob uchrashuvi jamoa uchun omadsiz kechdi. Xullas,  «Royal Pari» 0:3 hisobida ortda qolayotgan pallada, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida uning darvozasi tomon penalti belgilandi. Ayni shu onda jamoa bosh murabbiyi hakamlikka e’tiroz o‘laroq, shogirdlarini maydondan olib chiqib ketdi. Vaholanki, bu vaqtda ham umumiy hisob «Royal Pari» foydasiga 4:3 edi. Ehtimol, mehmonlar erta chiqib ketish asnosida ijobiy natijani saqlab qolishni ham o‘ylagandirlar. Chunonchi, avvaliga vaziyatga polisiya aralashuvi ham hech qanday natija keltirgani yo‘q. Ya’ni jamoa o‘yinni yakunlab qo‘yish taklifini qat’iy ohangda rad etdi.

Eng qizig‘i, Boliviya futbol federasiyasi rasmiy vakillari bunday holatda klub Tartib-intizom kodeksiga binoan jazolanishi, yuqori divizion yo‘llanmasi esa hisobga qaramay, «Real Oruro»ga berilishini tushuntirishgach, mehmonlar birdan qat’iyatni yig‘ishtirib qo‘yib,  maydonga qaytishdi. Ammo kech bo‘lgandi. Chunonchi, bu orada hakamlar brigadasi rasman tugamagan o‘yin jamoalardan birining bosh tortishi tufayli davom ettirilmasligi haqida bayonot to‘ldirishga ulgurgan va 20 nafar polisiyachi qurshovida maydondan chiqib ketgandi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 20.01.2025.
O'qildi: 4378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик