Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" Uokerni "Man Siti"dan ijaraga oladi

"Milan" Uokerni "Man Siti"dan ijaraga oladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"dan Kayl Uoker "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Xabarga ko‘ra, kecha klublar muzokaralarda yangi qadam tashlashdi. Bitim sotib olish huquqi bilan ijara sifatida amalga oshiriladi. Himoyachining o‘zi keyingi olti oylik maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi.

Tomonlar o‘rtasida bugun kelishuvga erishilishi kutilmoqda, shundan so‘ng Uoker Milanga uchib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin, bu ertaga bo‘lib o‘tadi.

Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasidagi "Milan" - "Jirona" uchrashuviga tashrif buyurishi mumkin.

Uoker joriy mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 15:16, 21.01.2025.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик