Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Slot Chempionlar ligasi formatini g‘alati deb atadi

Slot Chempionlar ligasi formatini g‘alati deb atadi

Baho:
+ | -

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot umumiy turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan mersisaydliklar haqidagi savolga javob berar ekan, Chempionlar ligasi formatini g‘alati deb atadi.

"Men turnir jadvaliga falon jamoa bilan o‘ynash bizga osonroq bo‘ladi, degan nuqtai nazardan qaramayman, chunki biz birinchimiz. Chempionlar ligasining g‘alati formati tufayli siz uchun oson bo‘ladi, deyishning iloji yo‘q.

"G‘alati" so‘zi bilan hech qanday salbiy narsani nazarda tutmayapman, lekin format g‘alati! Birinchi o‘rinda ekanligimiz umumiy bosqichda eng yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlamasligi mumkin", - deya Slot so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.

Bugun, 21 yanvar kuni “Liverpul” UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasida “Lill” bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 15:35, 21.01.2025.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик