Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Luis Enrike: "Gvardiolani ko‘rish katta baxt"

Luis Enrike: "Gvardiolani ko‘rish katta baxt"

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni Chempionlar ligasida "PSJ" va "Manchester Siti" o‘ynaydi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

"Ertangi o‘yin nafaqat ikki jamoa tufayli, balki futbolchi va murabbiy sifatida ko‘p yillarni birga o‘tkazgan do‘stimni ko‘rishim uchun ham o‘zgacha bo‘ladi. Uni yana ko‘rish katta baxt. Bizni futbol haqidagi g‘oyamiz birlashtiradi. O‘ylaymanki, bizning umumiy o‘yin falsafamiz - to‘p bilan raqibdan ustun bo‘lishga harakat qilish, doimo pressing qilish hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Nyuanslar bor, chunki har bir murabbiy o‘z o‘yinchilariga moslashadi, lekin sukut bo‘yicha bizda o‘yin haqida juda o‘xshash fikr bor. O‘ylaymanki, biz yaxshi futbol o‘yinini ko‘ramiz", - dedi Enrike jurnalistlarga.

"PSJ" – "Manchester Siti" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Kiritildi: 21:26, 21.01.2025.
O'qildi: 1073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.