Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Nuri Shaxin jamoadagi yomon natijalar tufayli iste’foga chiqishi mumkinligi haqida gapirdi. Oxirgi o‘yinda "asalarilar" Chempionlar ligasining umumiy bosqichida "Bolonya"ga safarda mag‘lub bo‘ldi (1:2).
"Agar murabbiyni almashtirish hammasini hal qilsa, unda umuman muammo bo‘lmaydi. Men jamoaning natijalari uchun javobgarman. Biz ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatga uchradik", - dedi Shahin o‘yindan so‘ng.