"Arsenal" Premyer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.
Bugun Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionatining 23-turida "Vulverxempton"ni mag‘lub etishdi - 1:0.
London jamoasining Premyer-ligadagi so‘nggi mag‘lubiyati 2 noyabr kuni "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (0:1) qayd etilgandi. O‘shandan beri "kanonirlar" 13 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etishgan.
"Arsenal" 2 fevral kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi.














