Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Gvardiola Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi

Gvardiola Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+1 | -

Angliya chempionatining 23-tur, markaziy bahsi “Manchester Siti” — “Chelsi” (3:1) o‘yinidan keyin Sky Sports efirida Pep Gvardioladan Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi va xatosi haqida so‘rashdi. Ispaniyalik murabbiy yosh shogirdini qo‘llab-quvvatladi.

“U ingliz tilida gapirmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida bo‘ladi. U hali faqat bitta yoki ikkita mashg‘ulotda qatnashdi. Men Chempionlar Ligasidagi muhim o‘yinni inobatga olgan holda, Jon Stounzni jarohatidan keyin maydonga tushirishga shoshiltirishni istamagandim. U o‘yindagi holatdan xulosa qiladi.

Jamoada futbolchilarning birdamligi juda muhim – bugun shuni ko‘rdik. Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Muxlislar hamisha yangi futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. U hali juda yosh va u albatta o‘rganadi”, dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Sky Sports efirida.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” o‘zbekistonlik himoyachining xatosidan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordi. Abduqodir Husanov dastlabki 5 daqiqada bosim sabab o‘yinga moslashib keta olmadi. Keyinchalik bexato harakat qildi.

Uchrashuvda Gvardiola shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Husanov 54 daqiqa maydonda harakat qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:42, 26.01.2025.
O'qildi: 13069 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик