"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi Omar Marmush debyutidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
25 yoshli forvard Xosep Gvardiola jamoasida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va 74-daqiqagacha o‘ynadi.
Uchrashuv "shaharliklar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Men jamoadoshlarim bilan yaxshi o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim, ayniqsa Xoland bilan. U menga bu yerda qolishimning birinchi kunidanoq moslashishga yordam beradi.
Erling - ajoyib o‘yinchi", dedi Marmush.













