Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

"Borussiya D" Bundesligada 11-o‘ringa tushib ketdi

"Borussiya D" Bundesligada 11-o‘ringa tushib ketdi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesligada 11-o‘ringa tushib ketdi.

Nuri Shaxin iste’foga chiqqanidan keyin vaqtinchalik Mayk Tullberg qo‘l ostiga o‘tgan jamoa Germaniya chempionatining 19-turida "Verder" bilan durang o‘ynadi (2:2). Ular o‘yin davomida ikki gollik ustunlikni qo‘ldan boy berdi. Hozirda "Borussiya" hisobida 26 ochko bor.

Dortmundliklar Myonxengladbaxning "Borussiya"sini o‘tkazib yuborib, turnir jadvalida 11-o‘ringa tushib ketdi - Jerardo Seoane jamoasi "Boxum"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, 27 ochko to‘plagan holda 8-o‘ringa chiqdi. "Verder" va "Frayburg" ham 27 ball bilan mos ravishda 9 va 10-o‘rinlarni egallab turibdi.

Chempionat peshqadami "Bavariya"dan "Borussiya" 22 ochko ortda qolmoqda.

Bundesliganing navbatdagi turida Dortmundning "Borussiya" klubi "Xaydenxaym" bilan safarda o‘ynaydi. Uchrashuv 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:10, 26.01.2025.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик