"Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta yaqin orada iste’foga chiqarilmaydi.
Jamoaning A seriyadagi muvaffaqiyatsiz natijalari fonida “keksa sinyora”ning 42 yoshli mutaxassisdan ajralishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar OAVda tarqaldi.
Jurnalist Rikkardo Melonining fikricha, “Yuventus” rahbariyati Mottani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Klub to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonchi komil. Ayni paytda ishdan bo‘shatish haqidagi gaplar haqiqatga hech qanday aloqador emas.













