"Fenerbaxche" hujumchisi Chengiz Under "Beshiktosh"ga ko‘chib o‘tadi, deb xabar beradi Ekrem Konur.
Avvalroq "Beshiktosh" Underni sotib olish imkoniyati bilan 1,5 yilga ijaraga olishi haqida xabar berilgandi. Chengizning shartnomasida 6 million yevrolik sotib olish imkoniyati mavjud.
Under yiliga 4,2 million yevro maosh oladi. "Beshiktosh" futbolchiga jami 4 million yevro to‘laydi. Qolgan summani "Fenerbaxche" to‘laydi.
Joriy mavsumda 27 yoshli forvard 7 uchrashuvda 161 daqiqa harakat qildi.













