"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde jamoaning Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi yaqin istiqbollari haqida gapirdi.
- "Real Madrid" chempionatda peshqadamlik qilmoqda, ammo oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor. Chempionlar ligasida biz kubokni yutishimiz mumkin deb o‘ylashimiz kerak, chunki biz kurashda bormiz", - deya Balde so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
21 turdan keyin "Barselona" 42 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam bilan farq yetti ochko.













