Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

"Tottenxem"ning sobiq posboni: "Keyn darvozabonlar murabbiyi bilan ham muloqot qilib, nimanidir o‘rganadi"

"Tottenxem"ning sobiq posboni: "Keyn darvozabonlar murabbiyi bilan ham muloqot qilib, nimanidir o‘rganadi"

Baho:
+ | -

Mishel Vorm Xarri Keyn unga Rud van Nistelroyni eslatganini aytdi.

Vorm va Keyn bir vaqtlar "Tottenxem"da birga o‘ynashgan.

"U o‘zining kuchli tomonlarini biladi. U o‘zi yaxshi bo‘lgan narsada yanada yaxshiroq bo‘lishga e’tibor qaratgan. U hamma narsani juda oddiy qiladi. O‘ylaymanki, u yillar davomida biroz o‘zgardi, lekin uning asoslari shunchalik yaxshiki, barchasi mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlar bilan bog‘liq.

Men ko‘plab ajoyib o‘yinchilar bilan o‘ynaganman va u o‘zining qobiliyati bilan menga Rud van Nistelroyni eslatdi. Men uning faoliyati shunday bo‘lishini tasavvur qila olmasdim, lekin men uning iste’dodiga mutlaq ishonardim va uning taqdiri "Tottenxem"dan ham kattaroq ekanligini ko‘rdim. Va u buni isbotladi. Uning statistikasi shunchaki aql bovar qilmaydi.

Garri juda ongli o‘yinchi - u nafaqat hujumni yakunlash ustida ishlaydi, balki darvozabon nima o‘ylayotganini tushunish uchun darvozabonlar yoki darvozabonlar murabbiylari bilan muloqot qiladi.

U bilan siz to‘pni qayerga urishini oldindan taxmin qila olmaysiz, chunki oxirgi daqiqada u oyog‘ining holatini o‘zgartirishi mumkin. U hamma narsani sezadi. U jarima chizig‘idan ham, darvoza chizig‘idan ham gol ura oladigan hujumchi. U juda ko‘p qirrali - chap oyoq, o‘ng oyoq, bosh bilan. Unda hamma narsa bor.

Agar siz uning ko‘zini bog‘lasangiz, u yillar davomida qilgan takrorlashlari tufayli hali ham to‘g‘ri burchaklarni topadi. Darvozabon unga qarshi taxmin qila olmaydi, u faqat reaksiyaga kirishishi mumkin. Uning darvoza oldidagi o‘tkirligi shunchaki ajoyib" -, dedi "Tottenxem"ning sobiq darvozaboni.

Kiritildi: 14:37, 30.01.2025.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.