Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

YECHL. Pley-off o‘yinlari qur’a tashlash jarayoni haqida nimalarni bilish kerak?

YECHL. Pley-off o‘yinlari qur’a tashlash jarayoni haqida nimalarni bilish kerak?

Baho:
+ | -

2024/25 mavsumi Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlari qur’asi 31 yanvar kuni Nyonda o‘tkaziladi. Marosim 31 yanvar kuni 16:00da boshlanadi.

Qur’a tashlash tartibi
— Umumiy bosqichda eng yaxshi 8 jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.
— 9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga chiqish uchun pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi.
— 9-16-o‘rinlardagi jamoalar "kuchlilar guruhi"ga, 17-24-o‘rinlardagi jamoalar "kuchsizlar guruhi"ga ajratiladi.
— "Kuchlilar guruhi"dagi jamoalari javob o‘yinlarini o‘z maydonida o‘tkazadi.
— Juftliklar jamoalarning umumiy bosqichdagi o‘rniga qarab shakllantiriladi:
- 9-10-o‘rinlar 23-24-o‘rinlar bilan;
- 11-12-o‘rinlar 21-22-o‘rinlar bilan;
- 13-14-o‘rinlar 19-20-o‘rinlar bilan;
- 15-16-o‘rinlar 17-18-o‘rinlar bilan to‘qnash keladi.

Pley-off g‘oliblari 1/8 finalga yo‘l oladi va eng kuchli 8 jamoaga qarshi bahs olib boradi.

Qur’ada ishtirok etuvchi jamoalar
Qur’ada 9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar ishtirok etadi.

Qur’a tashlash tartibi
- Qur’ada 8 ta maxsus idish tayyorlanadi.
- Birinchi navbatda "kuchsizlar guruhi"dan tartib raqami 23 va 24 bo‘lgan jamoalar savatga solinadi. Birinchi bo‘lib nomi chiqqan jamoa setkaning bir tomoniga, ikkinchisi setkaning ikkinchi tomoniga joylashtiriladi. Shu tariqa, yana 3 ta juftlik uchun (21 va 22, 19 va 20, 17 va 18) qur’a tashlanadi va jamoalar o‘z joylarini egallaydi.

Shundan so‘ng, "kuchlilar guruhi" uchun qur’a tashlanadi. 15-16 dan boshlab, 9-10 gacha.

Bir davlat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkinmi?
Ha, bu bosqichda bitta davlatdan bo‘lgan jamoalar bir-biriga tushishi mumkin.

Pley-off o‘yinlari qachon o‘tkaziladi?
- Birinchi o‘yinlar: 11-12 fevral 2025 yil  
- Javob o‘yinlari: 18-19 fevral 2025 yil  

Har bir klub bir o‘yinni seshanba, ikkinchi o‘yinni chorshanba kuni o‘tkazadi.  

Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off taqvimi:
- Pley-off qur’asi: 31 yanvar 2025 yil  
- Pley-off o‘yinlari: 11/12 va 18/19 fevral 2025 yil  
- 1/8 final qur’asi: 21 fevral 2025 yil  
- 1/8 final: 4/5 va 11/12 mart 2025 yil  
- Chorak final: 8/9 va 15/16 aprel 2025 yil  
- Yarim final: 29/30 aprel va 6/7 may 2025 yil  
- Final: 31 may 2025 yil (Myunxen)

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 09:28, 31.01.2025.
O'qildi: 13618 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.