Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Milan" jamoani Superkubokda chempion qilgan Konseysauni ishdan haydashi mumkin

"Milan" jamoani Superkubokda chempion qilgan Konseysauni ishdan haydashi mumkin

Baho:
+ | -

"Milan" Serjiu Konseysauni ishdan bo‘shatishi mumkin.

Chempionlar ligasida Zagrebning "Dinamo"sidan mag‘lubiyat (1:2) "Milan"ni "inqiroz"ga qaytardi, deb xabar berdi Milanpress Tuttosport'ga tayanib.

Portugaliyalik mutaxassisning holati hozirda "so‘roq ostida."

Serjiu Konseysau natijalar tufayli emas, balki jamoa atrofidagi salbiy va keskin muhit tufayli iste’foga chiqarilishi mumkin. Mojaro haqidagi ma’lumotni Repubblica ham tasdiqladi.

Murabbiyning qat’iyligi futbolchilarning diqqatini kuchaytirdi, ammo jamoani unga qarshi qilib qo‘ydi. Buning natijasida Alvaro Morata murabbiy bilan o‘zaro kelishuvga erisha olmagani uchun klubni tark etadi, bungacha esa mutaxassis David Kalabriya bilan janjallashib qolgan.

Konseysau mavsum o‘rtasida Paulu Fonseka o‘rniga "Milan"ni qabul qilib olgandi.

Portugaliyalik qo‘l ostida "rossonerilar" Italiya Superkubogida g‘olib chiqdi, 8 ta o‘yin o‘tkazdi, ularda 5 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etildi.

Kiritildi: 18:06, 31.01.2025.
O'qildi: 2240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик