Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Shaxmat. Gukeshning shashti pasaydi, Abdusattorov va Praggnanandxa g‘oliblik ostonasiga yaqin

Shaxmat. Gukeshning shashti pasaydi, Abdusattorov va Praggnanandxa g‘oliblik ostonasiga yaqin

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Tata Steel Chess-2025” turnirining ortda qolgan 11-tur bahslarida “Masters” guruhida yetakchilikka da’vogar bo‘lgan Gukesh va Abdusattorov durangga erishgan bo‘lsa, Rameshbabu Praggnanandxa g‘alabaga erishdi.

Ushbu turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan kuch sinashdi. Nodirbek qora donalarda harakatlangan bo‘lsa-da, g‘alabaga yaqin keldi. Biroq, 38-yurish holatidagi xatolik va bundan unumli foydalangan germaniyalik shaxmatchi hamyurtimizning ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada o‘yinda murosa yo‘li tanlandi.

11-turda “Masters” guruhida peshqadamlik qilayotgan hindistonlik Gukesh Dommaraju oq donalarda xitoylik Vey Iga qarshi dona surdi. 30-yurish vaziyatida durang natida qayd etilishi amaldagi jahon chempioni Gukeshning yaqqol yetakchilik shiddatini biroz pasaytirdi.

Abdusattorovdan keyingi pog‘onani band etgan Rameshbabu Praggnanandxa mazkur turda qora donalarda AQSHlik Fabiano Karuana bilan bahs olib borishiga qaramasdan g‘alabaga erishdi.

Bugun o‘tkaziladigan 12-tur ostonasida Gukesh hisobida 8 ochko mavjud bo‘lsa, keyingi pog‘onada borayotgan Abdusattorov va Praggnanandxa 7,5 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Ulardan keyingi qatorlarda o‘rin egallagan Vey I, Anish Giri va Vladimir Fedoseev 6 ochkoga egalik qilishgan.

“Tata Steel Chess-2025”ning yakunlanishiga 2 ta tur qolganda yetakchilar va da’vogarlarning ochkolaridagi farqidan ham ko‘rinib turibdiki, g‘oliblik aynan 3 nafar shaxmatchi o‘rtasida kechadi. Ammo, so‘nggi turlarda turnir davomida hali mag‘lubiyatga uchramagan 3 nafar shaxmatchidan biri xitoylik Vey ekanini, u oxirgi o‘yinlarni Giri va Fedoseev bilan o‘tkazishini nazarda tutsak, chin yurti vakili yetakchilar qatoridan o‘rin egallash imkoniyati saqlanib turibdi.

Biroq, peshqadamlar qatorida borayotgan qaysi shaxmatchi Veyga o‘rnini bo‘shatib beradi? Bu savolga javobni oldindagi o‘yinlar natijasi orqali bilib olamiz.

Bugun, 1 fevral kuni o‘tadigan 12-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda 3,5 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan hindistonlik Arjun Erigaisi bilan bahslashadi. Turnir peshqadami Gukesh mazkur turda qora donalarda niderlandiyalik Yorden van Forest bilan, Praggnanandxa oq donalarda serbiyalik Aleksey Sarana bilan kuch sinashadi.

“Chellenjer“ guruhida qatnashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 11-turda qora donalarda argentinalik Faustino Oroni mag‘lub etdi va ochkolari sonini 6 taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bugun o‘tadigan 12-turda Yoqubboyev oq donalarda niderlandiyalik Artur Peypers qarshiligini yengishga harakat qiladi. Aytish lozim, Nodirbek Yoqubboyevning bugungi raqibi 5 ochko bilan 11-qatorda bormoqda.

Ertaga musobaqaning so‘nggi 13-turida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Pentala Xarikrishna bilan ro‘baro‘ kelsa, Nodirbek Yoqubboyev xitoylik Lu Myaoi bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 12:59, 01.02.2025.
O'qildi: 4718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик